Qashqadaryoda o‘qituvchi o‘quvchisini kaltakladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda o‘qituvchi o‘quvchisini urgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 oktyabr kuni Koson tumanida maktab o‘qituvchisi I.M. darsida o‘quvchisi Q.B.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tuman Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, fuqaro I.M. ga nisbatan MJtKning 52-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hozirda chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

281

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing