Qashqadaryoda o‘qituvchi o‘quvchining boshiga “nasos” bilan tushirdi

3-sahifa

image

Ijtimoy tarmoqlarda Qashqadaryoda o‘qituvchi o‘quvchini boshini “nasos”bilan urib yorgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan “Zamon” informatsion dasturida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 24 oktyabr kuni Koson tumanida sodir bo‘lgan. Voqeaga 11 sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darsi tugamasidan oldin sport zalni tark etgani sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi shu sinfda o‘qiydigan bir bolani boshiga “nasos” bilan urgan.

“Voleybol o‘ynataman deb to‘pni “nasos” bilan damlagunimcha bolalar tashqariga chiqib ketibdi. Chaqirtirib keldim ularni. Ularga savol berdim lekin ular meni mensimaganday turishdi. To‘pni damlab o‘tirganimda “nasos” bolani boshiga tegib ketdi”, deydi o‘qituvchi.

O‘quvchilar esa o‘qituvchining harakatini qoralab, darsni erta tark etganlarini xato emas, deb baholashgan.

“Biz o‘qituvchiga hech nima deganimiz yo‘q, o‘zi urush boshladi. Xatolik o‘tgani yo‘q mendan”, deydi jabrlangan o‘quvchi.

O‘quvchini tekshirgan shifokor bolaning bosh sohasida tirnalish bo‘lganini tasdiqlagan. Shuningdek, u bolada xavfli holat kuzatilmaganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat hududiy profilaktika inspektori tomonidan o‘rganilgan. To‘plangan xujjatlar Koson tuman sudiga yuborilgan. Sud tomonidan o‘qituvchiga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarida jarima qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

470

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing