Qashqadaryoda o‘qituvchi ikki yoshli o‘g‘lining joniga qasd qilmoqchi bo‘lgani aytilmoqda
3-sahifa
−
28 Sentabr 2021
13210Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda matematika o‘qituvchisi o‘zining ikki yoshli o‘g‘lini urib, joniga qasd qilishga uringani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati axborot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 25 sentyabr kuni viloyat IIBga Dehqonobod tumani Terakli MFYdan murojaat kelib tushgan. Unda fuqaro J.S. voyaga yetmagan o‘g‘li E.X.ni turmush o‘rtog‘i D.Sh. urib tan jarohati yetkazganini ma’lum qilgan. Murojaatda, shuningdek, E.X. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM) Qashqadaryo filialining jonlantirish bo‘limida davolanayotgani aytilgan.
RSHTYOIM Qashqadaryo filialining ma’lumotnomasida voyaga yetmagan E.X. ning tanasida qo‘shma shikastlanish, bosh miyani lat yeyishi, yuz sohasini o‘ng tomoni shilinmasi, bo‘yin oldingi yuzasida usti po‘stloqlashgan terini tirnalgan jarohati, shu sohalarda yumshoq to‘qimaning lat yeyishi ko‘rinishidagi jarohatlari borligi ko‘rsatilgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi