Qashqadaryoda tog‘li hududdan qishloqqa tushgan ikki ayiq ushlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatida tog‘li hududdan qishloqqa tushib kelgan 2 bosh ayiq bolalari qo‘riqxonaga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shahrisabz tumani, “Shakarteri” mahallasi Soybo‘yi qishlog‘iga tog‘li hududdan O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan 2 bosh Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayiq bolalari tushib kelgan.

Vaziyat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, Shahrisabz tuman IIB, Milliy gvardiya, Toshkent hayvonot bog‘i hamda Hisor qo‘riqxonasi xodimlaridan iborat tezkor ishchi guruh tuzilgan.

Voqea joyiga yetib borgan ishchi guruh tomonidan ko‘rilgan operativ chora-tadbirlar natijasida ayiq bolalari maxsus o‘q-dorili qurol yordamida uxlatilgan.

“Ayiq bolalariga hech qanday shikast yetkazilmasdan, “Hisor” davlat qo‘riqxonasining “Tanxoz” daryo bo‘limiga qo‘yib yuborildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Parkent tumanida ayiq aholi yashaydigan hududga ozuqa izlab kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing