Qashqadaryoda “medik”larga tug‘ruqxona hovlisini tozalatgan rahbarlar jazolandi
Jamiyat
−
20 noyabr 2021
4924Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasi hovlisida oq libosdagi tibbiyot xodimlarining o‘t chopayotganligi haqidagi xabar (suratlari bilan) e’lon qilingan. Mazkur holat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi surishtiruv o‘tkazib, rasmiy ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, mazkur suratlarda tumandagi 2-tug‘ruq bo‘limi orastabonlari bo‘lim hovlisini o‘tdan tozalayotgani aks ettirilgan. Tuman tibbiyot birlashmasi ma’muriyati tomonidan ularga bu borada hech qanday topshiriq berilmagan.
Shu sababdan tug‘ruq bo‘limi rahbarlari qonunchilikka ko‘ra jazolangan.
“Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan Mehnat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha mazkur vaziyatda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tug‘ruq bo‘limi boshlig‘i Sh.Eshmo‘minov, bosh doya M.Safarova, tibbiyot birlashmasi xo‘jalik bekasi S.Turopova, 2-tug‘ruq bo‘limi xo‘jalik bekasi S.Sayaxovaga nisbatan intizomiy jazolar qo‘llandi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi