Qashqadaryoda sel yo‘lning bir qismini yuvib ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 10 may kuni Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumaniga sel kelib, yo‘lning bir qismini yuvib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 aprel kunidan boshlab tuman hududida joylashgan “Shar-shar bog‘at” va “Besh o‘g‘il” MFY lar hududlarini bog‘lab turuvchi asosiy ko‘prik buzilgan.

Shundan so‘ng, qayta ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli yo‘ldan o‘tuvchi piyodalar va texnikalar qatnovini to‘xtab qolmasligi maqsadida ko‘prikning o‘ng tomonidan 100 metr masofada aholi va transport vositalari uchun vaqtinchalik aylanma yo‘l tashkil etilgan. 

Bugun soat taxminan 10:30 lar atrofida tuman tog‘oldi hududlarida kuzatilgan kuchli yomg‘ir natijasida vaqtinchalik qatnov uchun tashkillashtirilgan yo‘lning chap qirg‘og‘ini suv  yuvgan. Ushbu holat hamkorlikdagi tashkilotlar bilan bartaraf etilmoqda.

Hozirgi vaqtda avtomobillar tumanning “Guliston” MFYni bog‘lab turuvchi katta yo‘l orqali harakatlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing