Qashqadaryoda sartaroshxonada nikoh o‘qigan soxta mulla qamaldi
3-sahifa
−
22 sentabr 2021 14744 1 daqiqa
Qashqadaryoda ayol va erkakni sartaroshxonada nikohlab qo‘ygan soxta mulla 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, biror diniy ma’lumoti bo‘lmagan shaxs tomonidan sartaroshxonada shar’iy nikohdan o‘tib xotinlik da’vo qilgan ayol, xotin ustiga xotin olgan, ayni paytda 4 ayolga uylangan “eriga” qonuniy jazo so‘ragan. Erkak esa bularning hech birini rad qilmagan.
Shu sababli ushbu ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Qamashi tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, soxta mullaga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr