Qashqadaryoda prokurorlar almashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Qarshi shahar prokurori lavozimiga adliya kichik maslahatchisi Alisher Davlatovich Mirzoyev tayinlandi. Alisher Mirzoyev tayinlovga qadar Qarshi tumani prokurori lavozimida ishlagan. 

Shuningdek, Qarshi tumani prokurori lavozimiga adliya maslahatchisi Tog‘murod Joniqulovich Murodov tayinlandi.Tog‘murod Murodov tayinlovga qadar Kitob tumani prokurori lavozimida ishlagan.

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya maslahatchisi Sobirjon Nurboyevich Temirov Kitob tuman prokurori lavozimiga tayinlandi. Sobirjon Temirov tayinlovga qadar Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani prokurori lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

527

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing