Qashqadaryoda odamlarga suv sotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida markaziy ichimlik suvi quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qamashi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.B. “Shahrisabz-Qarshi” markaziy ichimlik suvi quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanib, aholiga ichimlik suvi tarqatish shoxobchasini tashkil qilgan. X.B. shu orqali ichimlik suvi sotishni yo‘lga qo‘yib, “Qashqadaryo suv ta’minoti” MCHJga 174,9 mln so‘m zarar yetkazgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

375

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing