Qashqadaryoda Nexia yonib ketishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Nexia’da yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar tarqalgandi. IIV YHXBB mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 2 noyabr kuni soat 04:20 larda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, “Qaynar” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1143-kilometrida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan J.J. Nexia rusumli avtomobilni boshqarayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va avtomobil yo‘l chetidagi katta toshga urilib, ag‘darilib ketgan. Buning oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. 

Haydovchi esa YTH hamda yong‘in sabab hodisa joyida halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Azizbek Nahanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing