Qashqadaryoda Nexia’ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi. Qurbonlar bor

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida Nexia’ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 22 may kuni soat 06:00 da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Navoiy” MFY hududidan o‘tuvchi 4P-84 “Yakkabog‘-Chiroqchi” avtomobil yo‘lining 29-kilometrida harakatlanib ketayotgan, Nexia rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi.

Oqibatda avtomobil ichida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan hamda 1 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing