Qashqadaryoda Nexia’ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi. Qurbon bor
Jamiyat
−
22 aprel 2021 8437 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida Nexia’ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 22 aprel kuni soat 07:07 da Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani “Istiqlol” MFYda joylashgan avtomobillarga gaz quyish shaxobchasida Nexia-1 rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan.

Buning oqibatida bir nafar fuqaro halok bo‘lgan hamda shaxobchaning bir nafar ishchisiga tan jaroxati yetgan. Jabrlangan ishchi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.
Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr