Qashqadaryoda mudhish YTH. 4 kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 28 dekabr kuni soat 14:30 atrofida Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida mudhish YTH sodir bo‘ldi. Halokat natijasida avtomobilda bo‘lgan 4 kishi vafot etgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Gap shundaki, 20 yoshli F.J. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasida Chiroqchi tumani Ko‘ktosh mahallasidan o‘tuvchi “4R-84 Yakkabog‘-Chiroqchi” yo‘li bo‘ylab harakatlanib kelib o‘zidan oldinda ketayotgan avtomashinani quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan vaqtida yo‘lning 35 kmda, 41 yoshli I.N. boshqaruvidagi Kamaz rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada Nexia-2 rusumli avtomashina haydovchisi F.J. va 3 nafar yo‘lovchilar hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

233

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing