Qashqadaryoda MTB xodimi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
18 avgust 2022 7371 1 daqiqa
Qashqadaryoda maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi 400 AQSH dollari miqdoridagi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Shahrisabz shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga subsidiya mablag‘lari yo‘naltirib berish evaziga 400 AQSH dollari talab qilib olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, dastlabki tergov harakatlari Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr