Qashqadaryoda maktab o‘quvchilari 9 yoshli bolani qo‘rqitgani aytilmoqda
3-sahifa
−
31 may 2023
5743Qashqadaryoda maktab o‘quvchilari to‘qqiz yoshli bolani zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgani to‘g‘risidagi xabarlar internetga sizdirildi. Mazkur ma’lumot yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ushbu voqeaga guvoh bo‘lgan 5-sinf o‘quvchilarining aytishicha, joriy yilning 11 may kuni kunduzi soat 15:16 larda maktabning 3-sinf o‘quvchilarining 8 nafari darsdan keyin sport zaliga kirgan. Ular o‘zaro o‘yin o‘ynab turgan vaqtida maktabning ikki nafar 5-sinf o‘quvchisi ham sport zaliga kirgan va o‘zlaridan kichik o‘quvchilarni qo‘rqitib, sport zalidan bir nechtasini chiqarib yuborgan. Shundan so‘ng, yuqori sinf o‘quvchilari sport zalida qolgan 4 nafar 3-sinf o‘quvchisini zaldagi kichkina xonaga kiritgan va o‘zlarining qo‘llarida bo‘lgan o‘yinchoq rezinka "ilon" bilan kiyimlarini yechtirib, ularning bir nafarini badaniga, belidan pastki qismiga urgan. Bu holatdan xafa bo‘lgan o‘quvchi uyiga ketgan va qo‘rquv tufayli hech kimga hech narsa aytmagan. Oradan uch kun o‘tgach, bu bolaning sinfdoshi uning onasiga bo‘lgan voqea haqida aytib bergan.
Hozirgi kunda tibbiy ekspertiza xulosasining toza chiqqanligi haqida shifokorlar og‘zaki ma’lumot bergan.
“Ayni paytda voqea tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan o‘rganilmoqda, maktab rahbariyati yoki boshqa rahbarlar tomonidan bolaning ota-onasi yoki oila a’zolariga hech qanday bosim o‘tkazilmagan, aksincha, ular bilan hamkorlikda voqeaga oydinlik kiritish choralari ko‘rilmoqda. O‘quvchining onasi shoshilinch qaror qabul qilganidan afsusda ekanligini, bolasi sog‘-salomatligini bildirgan. Voqea va maktabdagi mavjud ma’naviy holat bo‘lim mas’ul xodimlari nazoratiga olingan”, deyiladi boshqarma munosabatida.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi