Qashqadaryoda Lacetti urib yuborgan bola vafot etdi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi 11 yoshli bolani urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH joriy yilning 11 sentyabr kuni soat taxminan 14:01 larda 4R-79 davlat ahamiyatdagi “Qarshi shahri-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz” avtomobil yo‘lining 3-km.da, Qarshi shahar “Mustaqillik” MFY hududida yuz bergan.  Qarshi tuman Kerayt qishlog‘ida yashovchi fuqaro X.F. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobili bilan “Shahrisabz-Qarshi” yo‘nalishida harakatlanib borib, yo‘lni piyodalar o‘tish uchun mo‘ljallangan qismidan piyoda harakatlanib o‘tayotgan voyaga yetmagan Qarshi shahar “Otchopar” MFYda yashagan Y.A.ni urib yuborgan.

Oqibatda, voyaga yetmagan jabrlanuvchi Y.A. og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi TB surishtiruvchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Haydovchi T.M. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing