Qashqadaryoda Lacetti erkakni sudrab ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti bir erkakni sudrab ketgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 8 mart kuni soat 08:00 larda Qamashi tumanida sodir bo‘lgan. 

Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi X.A. Qamashi dehqon bozori yonidan o‘tgan ko‘chadan “Hunarmand” savdo majmuasi tomon harakatlanib ketayotgan vaqtda yo‘l chetida to‘xtab turgan Damas’ga urilgan. 

Shundan so‘ng, Damas haydovchisi H.S. Lacetti haydovchisi X.A.ga nima sababdan mashinasiga kelib urilgani sababini so‘rab, bahslashib ketgan. O‘zaro tortishuvdan so‘ng, Damas haydovchisi H.S. X.A. boshqaruvidagi Lacetti’ning eshigini yopganda, egnidagi choponi mashinaning eshigiga kirib qolgan.

Bundan bexabar haydovchi X.A. Lacetti’ni yurgizib ketib, biroz masofagacha H.S.ni choponi bilan tortib ketgan. Buning oqibatida X.A. mashinani to‘xtatishga shoshgan holda yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib kelayotgan ikkita Damas’ni orqa va yon tomonlariga urilgan.

Mazkur holat yuzasidan haydovchi X.A.ning harakatlarida MJtKning 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari ko‘ringanligi sababli ma’muriy tartibda chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar tuman IIB YHXBga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

288

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing