Qashqadaryoda qum bo‘roni tufayli 5 ta avtomobil to‘qnashdi

3-sahifa

image

Qashqadaryoning G‘uzor tumani hududida 3 ta yengil va 2 ta yuk avtomobillari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 21 dekabr kuni soat 13:25 larda G‘uzor tumani hududidagi 4R-88 “Mang‘it- Sho‘rtan” avtomobil yo‘lining 16-kilometrida yuk tashuvchi hamda yengil transport vositalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. 

Aniqlanishicha, “Sho‘rtan – Mang‘it” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan yuk tashuvchi avtotransport vositalari to‘satda kuchli shamol sababli hosil bo‘lgan qum bo‘roni tufayli bir-birining ortidan to‘qnashib ketgan. 

Oqibatda yuk tashuvchi avtotransport vositalariga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Tiko va 2 ta Nexia rusumli avtomobillar ham to‘qnashib, YTH sodir etgan. 

“Sodir bo‘lgan YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, faqatgina avtomobillarga zarar yetgan. Hozirda holat yuzasidan G‘uzor tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing