Qashqadaryoda Islom Karimov byustlari uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ilgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning byustlari uchun Qashqadaryo viloyatidagi o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ilayotgani aytilgan muojaat tarqaldi. Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi bunga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish hamda kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha tayyorlangan byustlarni viloyatdagi idora, korxona, tashkilot va muassasalarga hamda shahar va tumanlar hokimlarga yetkazib berish to‘g‘risida taklifiy taqsimot jadvaliga ko‘ra, viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga 200 dona taqsimot qilingan.

Ushbu byustlar viloyat xalq ta’limi boshqarmasining ichki taqsimoti asosida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga taqsimlab berilgan. Jumladan Chiroqchi tumaniga 30 dona, Qarshi shahriga 9 dona, Qarshi tumaniga 12 dona, Mirishkor tumaniga 7 dona, G‘uzor tumaniga 12 dona, Dehqonobod tumaniga 17 dona, Qamashi tumaniga 15 dona, Koson tumaniga 18 dona, Kitob tumaniga 16 dona, Muborak tumaniga 6 dona, Nishon tumaniga 7 dona, Kasbi tumaniga 10 dona, Shahrisabz tumaniga 15 dona, Yakkabog‘ tumaniga 18 dona, Shahrisabz shahriga 4 dona byustlar taqsimot qilib berilgan.

Hozirda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida homiylik yoki byudjetdan tashqari tushgan mablag‘ asosida shakllantirib maktablarga tarqatish uchun saqlanmoqda.

Qolgan 5 ta tumanda Birinchi Prezident Islom Karimovning byustlari, o‘zi tashubbus ko‘rsatgan maktab direktorlariga tarqatilgan. Jumladan, Chiroqchi, Muborak  Qarshi, Koson, Dehqonobod tumanlari maktablariga tarqatilishi taqsimot qilingan bo‘lib,  pul mablag‘lari maktablar jamoasidan yig‘ib olinmaganligi ma’lum bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing