Qashqadaryoda guvohnomasiz avtomobil boshqargan haydovchi bir insonning vafotiga sabab bo‘ldi

3-sahifa

image

Haydovchilik guvohnasiga ham, mashina haydash tajribasiga ham ega bo‘lmagan yigit bir insonning bevaqt vafotiga sabab bo‘ldi. Bu haqida “O‘zbekiston 24” telekanali xabar qiladi. 

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan “Qamay” MFY hududidan Chimqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Nexia avtomashinasi piyoda Beknazarovni urib yuborishi oqibatida jabrlanuvchi voqea joyining o‘zida halok bo‘lgan. 

“Haydovchining fikrlariga qaraganda, bu hodisaga mashina balonlarining sirpanchiqligi sabab bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Qashqadaryo viloyatida o‘tgan 9 oyda 182 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan bo‘lib, 129 kishi turli darajada jarohatlangan. 75 kishi esa vafot etgan. Bu avtohalokatlarning 91 tasi harakat tezligining oshirilishi natijasida yuzaga kelgan.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing