Qashqadaryoda gepatit S kasalligiga qarshi dori vositalari ishlab chiqariladi
Jamiyat
−
07 avgust 2019
3031.
Qarshida O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov boshchiligidagi 14 kishidan iborat delegatsiya a’zolari ishtirokida dastlab mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Qarshi shahridagi “Dori Darmon” DUK bilan Misrning “One World Pharma” kompaniyasi hamkorligida “One world Kashdarya” qo‘shma korxonasini tashkil etish yuzasidan kelishuvlar olib borildi. Ushbu loyiha doirasida gepatit S kasalligini oldini olish va unga qarshi kurashish uchun dori vositalari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Loyihaga dastlabki bosqichda 5 million AQSH dollari yo‘naltiriladi. Shundan 3,5 million dollar xorijiy investitsiya bo‘lishi kutilyapti.
LiveBarchasi