Qashqadaryoda Gentra bilan to‘qnashgan Lacetti yonib ketdi. Bir kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida Lacetti va Gentra rusumli avtomobil to‘qnashdi. Oqibatda bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 28 avgust kuni soat 13:40 atrofida 4R-79 “Qarshi-Shahrisabz” yo‘lining Qamashi tumani Qo‘shkapa mahallasidan o‘tgan 43-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Fuqaro J.R. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil Shahrisabz shahri tomon harakatlanib ketayotgan haydovchi P.J. boshqaruvidagi Gentra bilan to‘qnashgan. 

Hodisa oqibatida Lacetti yonib ketgan va uning haydovchisi J.R. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing