Qashqadaryoda gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i salkam 200 mlnlik quvurlarni “yeb yubordi”
Jamiyat
−
04 fevral 2022
5343Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida gaz quvurlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Muboraktumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i R.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, tuman hududidan demontaj qilinib, “B.S.” servis markaziga vaqtincha saqlab turish uchun topshirilgan 190,7 mln so‘mlik 684,7 metr metall gaz quvurlarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi