Qashqadaryoda “GAI” formasini kiyib, videoga tushgan TikTokerlarga hukm o‘qildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar organlarining formasidagi qiz va yigitlarning videolavhasi tarqalgandi. Ushbu holatni Qashqadaryo viloyati IIB o‘rganib, izoh berdi

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Qarshi shahrida yashovchi E.D., Ya.Sh. va X.X. qonun bilan qo‘riqlandigan davlat organlari vakillarining harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini noqonuniy kiyib, videorolik tayyorlab, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.

Qayd etilishicha, ushbu tarqalgan ikkita videolavha yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida ko‘rib chiqilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq faollari sodir etgan holat O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan, huquqbuzarlik sifatida baholangan. 

Shu tariqa YHXB formasidagi qiz E.D.ga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari, haydovchi hamda YHXB inspektori vazifasini bajargan Ya.Sh. va X.X. ismli yigitlarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

660

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing