Qashqadaryoda erta unashtirilgan qiz ruhiy bosim ostida qolganini aytmoqda

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida o‘z roziligisiz, ota-onasi tomonidan erta unashtirilgan qiz unga yigit tomonidan turli bosimlar o‘tkazilganini aytdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. 

15 yanvar kuni Bolalar ombudsmaniga Shahrisabz shahrida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan qiz M.M.dan murojaat kelib tushgan. 16 yanvar kuni esa Bolalar ombudsmani qizning o‘zini shaxsan qabul qilib, uning murojaati mazmuni bilan tanishdi.

"M.M.ning aytishicha, hozirda u universitetning 1-kursida o‘qimoqda va o‘qishini davom ettirish niyatida. O.B. (yigit)ning va M.M.ning ota-onalari o‘zaro kelishib, qizning roziligisiz unashtiruv marosimini tashkillashtirgan. Ayni paytda yigit uni o‘ziga turmushga chiqishga undab, ruhiy bosim o‘tkazmoqda", deyiladi xabarda.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olinib, tezkor ravishda prokuratura hamda ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilgan. M.M. va O.B.ning ota-onalari qizni majburan turmushga berish jinoiy javobgarlikka asos bo‘lishidan ogohlantirilgan.

Shuningdek, M.M.ga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi berilib, uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made