Qashqadaryoda erkaklar eshaklarni vahshiylarcha kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha erkaklar eshaklarning bosh va bo‘yniga tayoq bilan urayotgani aks etgan video tarqaldi.

Shuningdek, “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati ham Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik holatlari haqida xabar kelib tushgani haqida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, erkaklar eshaklarni voyaga yetmagan bolaning ko‘z o‘ngida ayovsiz kaltaklagan.  

“Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati Ichki ishlar vazirligiga ushbu harakatlarni sodir etgan shaxslarni topib, qonun doirasida jazolashni so‘ragan. 

Aytish joizki, hayvonlarga nisbatan vahshiylarcha munosabatda bo‘lish holatlari tez-tez kuzatiladi. Xususan, joriy yilning fevral oyida erkak qo‘shnisining it va mushuklarini pnevmatik qurol yordamida otgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

821

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing