Qashqadaryoda erkak qo‘l-oyog‘i bog‘liq holda kaltaklandi. Prokuratura bayonot berdi
Jamiyat
−
21 yanvar 2021 9950 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanidagi fuqaroni, 15 yanvar kuni 3-4 kishi qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, shafqatsizlarcha kaltaklashgani haqida xabar tarqatilgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan joriy yilning 21 yanvar kuni Yakkabog‘ tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tergov jarayoni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr