Qashqadaryoda buxorolik YPX xodimini mashina urib ketdi
3-sahifa
−
01 iyul 2022
11335Kecha, 30 iyun kuni Qashqadaryo viloyatida buxorolik Yo‘l-patrul xizmati xodimini mashina urib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat taxminan 10:50 larda Qarshi tumani “Navoiy” MFYda sodir bo‘ldi. Buxoro viloyati YPX inspektori safdor M.M. Qashqadaryo viloyatida jamoat tartibini saqlash, yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida maxsus reyd tadbiriga jalb qilingan.
YPH inspektori taqsimotga asosan Qarshi tumani “Navoiy” MFY hududida xizmat vazifasini olib borayotgan vaqtida, shu yo‘lda Qarshi tumani “Navoiy” MFYda yashovchi fuqaro M.M. Nexia-3 rusumli avtomobilini davlat raqami belgisi yechilgan holatda boshqarib kelayotganini aniqlagan. Natijada fuqaro M.M.ga to‘xtash ishorasini bergan.
Biroq, fuqaro M.M. YPX inspektorining to‘xtash haqidagi qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan avtomobilning old tomoni bilan YPX inspektori safdor M.M.ni urib yuborib, yo‘l tarnsport xodisasi sodir qilgan.
Oqibatda safdor M.M. tan jarohati olib, RSHTYOIM Qashqadaryo filialiga tushgan.
Olib borilgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida, huquqbuzar M.M. qonuniy tartibda ushlangan.
Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi