Qashqadaryoda bog‘cha direktori pora bilan qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
07 noyabr 2022
8093Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 7-sonli MTT rahbari N.O 300 AQSH dollari miqdoridagi pora bilan ushlandi. Bu haqida viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, fuqaro M.F 7-sonli MTTga ishga kirboqchi bo‘lganida, undan MTT rahbari pora so‘ragan. Shundan so‘ng fuqaro mazkur vaziyat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza kiritgan.
Mas’ul organlar bilan hamkorlikda fuqaro M.Fning arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida esa bog‘cha direktori ishga kiruvchidan 300 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan N.Oga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi