Qashqadaryoda bemordan 5 ming so‘m so‘ragan shifokor ishdan haydaldi
Jamiyat
−
03 iyul 2021
14971Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limida ro‘yxatga olish uchun 5000 so‘m talab qilgani, bo‘limda sanitariya talablariga to‘liq rioya etilmayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat SSB vaziyat yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama qilingan. Tuman yuqumli kasalliklar bo‘limida sanitariya talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar belgilangan.
Aniqlanishicha, joriy yil 24 iyun kuni Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar shifoxonasi kunduzgi muolaja feldsheri G‘.A. tomonidan bemorga kasallik tarixi ochish uchun 5 ming so‘m pul so‘ralgani qayd etilgan. Tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasining joriy yil 1 iyuldagi buyrug‘i bilan G‘. A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
LiveBarchasi