Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan fuqaroning jasadi topildi

Jamiyat

image

Qashqadaryoda joriy yilning 2 may kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan fuqaroning jasadi jarlikdan topildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 may kuni viloyat FVBga Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro Z.I. Qamashi va Dehqonobod tumanlarining tog‘li hududlarida yo‘qolib qolgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, fuqaro Z.I. joriy yilning 2 may kuni chorva mollarini boqish maqsadida tog‘li hududlarga jo‘nab ketgan va dom-daraksiz yo‘qolib qolgan. 

Murojaatga ko‘ra, viloyat FVB Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy otryadining 1 ta bo‘linmasi Qamashi va Dehqonobod tumanlarining tog‘li hududlarida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. 

Qidiruv jarayonida fuqaro Z.I.ning jasadi Dehqonobodning Oybek qishlog‘i Darvozakom tepaligining taxminan 10 metr chuqurlikdagi jarligidan topilgan va yaqin qarindoshlariga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing