Qashqadaryoda bank rahbari fuqarodan tirikligini isbotlovchi ”spravka” so‘radi (video)
Jamiyat
−
29 iyul 2022
31428Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda bank rahbari fuqarodan tirikligini isbotlovchi ma’lumotnoma so‘ragani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro kredit olish uchun bankka borgan bank rahbari esa undan yashayotganligi haqida ma’lumotnoma talab qilgan. Shu sabab fuqaro ushbu ma’lumotni qayerdan olish mumkinligini so‘rab, Prezidentga murojaat qilgan.
“Hamma hujjatlarim joyida. Shu sababdan boshliqning oldiga borishimni aytishdi. Kirsam, bank rahbari qo‘limdan barcha hujjatlarni oldi. Hujjatlarim joyidaligini aytdi, keyin esa tirikligimni tasdiqlovchi ma’lumotnoma olib kelishimni so‘radi. Men bilan gaplashayotgan bank rahbari mening tirikligimga ishonmayapti va bu faktni tasdiqlovchi hujjat olib keling, deydi. Aytingchi, borligimni tasdiqlovchi hujjatni menga kim beradi?”, deydi fuqaro.
Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u 22 yil vafot etganlar ro‘yxatida turgan.
“Endi bildim tirik ekanimni, kim beradi menga buni tasdiqlovchi hujjatni. Ayting iltimos menga bitta ma’lumotnoma yozib berishsin, men ham yashashni boshlay, hurmatli Prezident”, deydi u.
LiveBarchasi