Qashqadaryoda ayollar 7 yoshli bolaning o‘limi sabab katta yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida bir guruh ayollar Xo‘jaobod qishlog‘idan o‘tuvchi Qarshi-Samarqand avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani aks etgan fotolar tarqaldi. viloyat IIB Axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 aprel kuni Chiroqchi tumani “Qumdaryo” MFY Oqto‘nli qishlog‘ida yashovchi bir guruh ayollar farzandlari qo‘shni qishloqdagi maktabga qatnab o‘qish uchun qiynalayotgani, farzandlarini Xo‘jaobod qishlog‘idagi maktabga borishi uchun Qarshi-Samarqand avtomobil yo‘lidan kesib o‘tishlari xavfli ekani bois, "Xo‘jaobod" MFY Xo‘jaobod qishlog‘idan o‘tuvchi ushbu yo‘lni to‘sib, avtomobillar harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan. Natijada A-378 avtomobil yo‘lida qisqa muddatga avtomobillar harakatlanishi to‘xtagan. 

Qayd etilishicha, bunga joriy yil 21 aprel kuni ISUZU rusumli yuk avtomobili A-378 “Samarqand-G‘uzor” yo‘lidan Samarqand viloyati tomonga harakatlanib kelib, piyodalar yo‘lakchasidan kesib o‘tayotgan, voyaga yetmagan, Chiroqchi tumani “Xo‘jaobod” MFYda yashovchi, Chiroqchi tumani XTBga qarashli 140-maktabning 1-sinf o‘quvchisi D.E.ni urib yuborgani oqibatida o‘quvchining og‘ir tan jarohati olib, Chiroqchi tumani “Ko‘kdala” shifoxonasida vafot etgani sabab bo‘lgan. Fuqarolar qishloq hududidan maktab qurib berishni so‘ragan. 

Mazkur yuz bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Chiroqchi tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Chiroqchi tumani Darcha qishlog‘ida yashovchi ISUZU rusumli yuk avtomobili haydovchisi B.E.ga nisbatan 21 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Holat bo‘yicha Chiroqchi tumani mutasaddi rahbarlari fuqarolar bilan uchrashib, “Qumdaryo” MFY hududida qurilayotgan maktabning qurilishini tezlashtirish va joriy yilning 1-sentyabr kuniga qadar yangi maktab qurib topshirilishi bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

474

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing