Qashqadaryoda ag‘darilgan Damas’ga yordamga kelgan 2 kishini “KamAZ” bosib ketdi

Jamiyat

image

Qashqadaryoda ag‘darilib ketgan Damas’ga yordamga kelgan ikki nafar shaxsni “KamAZ” urib ketdi .Bu haqda Zamon ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Joriy yil 17 fevral kuni soat 06:20 larda Chiroqchi tumanida Damas avtomobili haydovchisi Qarshidan Samarqandga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtda yo‘lda noma’lum jismni ko‘rgan va uni bosib ketmaslik uchun aylanib o‘tayotganda ag‘darilib ketgan. 

Shundan so‘ng avtomobildagi haydovchi va yo‘lovchiga yordam berish maqsadida boshqa o‘tkinchilar to‘xtagan. Damas’dan haydovchi va yo‘lovchilar tushurib olingan. Ko‘pchilik bir bo‘lib, Damas’ni tiklab qo‘ygan. Shu payt ushbu yo‘ldan katta tezlikda harakatlanib kelgan “KamAZ” yuk mashinasi Damas’ga yordam bergan odamlardan ikki nafarini urib yuborgan. 

Oqibatda ulardan biri voqea joyida, ikkinchisi shifoxonada vafot etadi.

Damas haydovchisining ta’kidlashicha, ular avtomobilni tiklab, yo‘l chetiga o‘tkazayotgan paytda yuk mashinasi uzoqdan tezlikni pasaytirmay harakatlanib kelgan. Qo‘l harakati bilan “KamAZ” haydovchisiga ishora qilingan, ammo foydasi bo‘lmagan.

O‘rganishlarda o‘sha kuni “KamAZ”ga me’yordan ortiq yuk ortilgani, oqibatdada haydovchi avtomobilni to‘xtata olmagani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

594

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing