Qashqadaryoda 9-sinf o‘quvchisi o‘gay otasini o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 15 yoshli yigit o‘gay otasini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda viloyat prokraturasi Matbuot kotibi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, voqea joriy yilning 10 dekabr kuni soat 23:55 da sodir bo‘lgan. Tumanning Dehqonobod shaharchasida yashovchi 55 yoshli fuqaro T.B. voqea yuz bergan kun nikohsiz xotini N.X. (ikkinchi xotini) bilan kafeda o‘tirib, spirtli ichimlik ichgan. Keyin kafedan chiqib, pivo sotiladigan barga kirgan. Pivo ichish davomida er-xotin janjallashib qolgan.

Birozdan so‘ng, ular birga N.X.ning uyiga borgan va u yerda ham janjal to‘xtamagan. Shunda mast ahvoldagi er oshxonadan pichoq olib chiqib, ayolini o‘ldirmoqchiligini aytgan. Bu orada ayolning boshqa eridan dunyoga kelgan 9-sinfda o‘qiydigan 15 yoshli o‘g‘li Sh.J. onasiga yordam berish uchun o‘gay otasining qo‘lidagi pichoqni olib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Janjal erkak va bola o‘rtasida davom etgan. 

Oqibatda onasi va o‘zini himoya qilishga uringan bola T.B.ni pichoq bilan yaralab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tuman prokraturasi tomonidan 15 yoshli bolaga nisbatan Jinoyat kodeksining 100-moddasi (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

530

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing