Qashqadaryoda 713 mln so‘m imtiyozli kredit talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida 713,8 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilinganligi fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nishon tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda aniqlanishicha, “B.B.”, “N.X.”, “T.X.” va “N.T.” MCHJlar tomonidan “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida tumandagi “Paxtazor” va “Samarqand” MFYlarda yashovchi 64 nafar fuqaroning jami 80,1 sotix yer maydonidagi issiqxonalarni to‘liq qurib berilmasdan 713,8 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Shuningdek “B.B.” MCHJ faoliyati davomida 575,4 mln so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi hamda juda ko‘p miqdorda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 184-moddasi (soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing