Qashqadaryoda 3 kishi 1,5 mlrdlik suvdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
3-sahifa
−
16 avgust 2022
9118Qashqadaryoning Shahrisabz, Ko‘kdala va Nishon tumanlarida 3 nafar fuqaro jami 1 mlrd 564 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "O‘zsuvta’minot" AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning iyul oyida mazkur tumanlarda Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish viloyat hududiy inspeksiyasi va "Qashqadaryo suv ta’minoti" MCHJ xodimlari tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Tadbir davomida 3 ta holatda magistral quvurga noqonuniy ulanib, jami 1 mlrd 564 mln so‘mlik ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda foydalanilganlik holatlari aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etilgan.
“Achinarlisi, olis hududlarda minglab yurtdoshlarimiz kundalik ehtiyojlari uchun suv topolmay qiynalgan yozning chillasida ichimlik suvidan kimdir baliq ko‘lini suv bilan to‘ldirishda, yana kimdir beda, tarvuz ekilgan dalasini sug‘orishda foydalanib kelgan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi