Qashqadaryoda 25 yoshli yigit suv omborida cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 10 may kuni Qashqadaryo viloyatida 25 yoshli yigit Langar suv omboriga cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot kotibi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, voqea 10 may kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan. 25 yoshli U.M. hududdagi Langar suv omboriga cho‘milish uchun borgan. Oqibatda suv omboriga tushib, cho‘kib ketgan.

“Hozirda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari yigitni qidirmoqda”, deyiladi xabarda.

Holatga aniqlik kiritish uchun Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv hakaratlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

370

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing