Qashqadaryoda 16 va 14 yashar qizlar o‘z joniga qasd qildi
3-sahifa
−
07 may 2022
19302Qashqadaryoda 16 yoshli maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5 may kuni Qamashi tumanidagi maktablardan birining o‘quvchisi bo‘lgan 2006 yilda tug‘ilgan qiz o‘z joniga qasd qilgan.
Holat yuzasidan hozirda Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshirish doirasida mutasaddi idoralar (maktab, IIB va MFY) xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Shuningdek, Qarshi shahrida ham 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2008 yilda tug‘ilgan o‘quvchisi o‘zini osib, vafot etgan.
Voqea kecha, 6 may kuni kechki soat 23:00 lar atrofida qizning yashash xonadonida sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tekshiruv o‘tkazmoqda.
LiveBarchasi