Qashqadaryoda 13 yoshli bola is gazidan vafot etdi
3-sahifa
−
13 dekabr 2022
4226Joriy yilning 11 dekabrida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Paxtazor mahallasida yashovchi voyaga yetmagan I.Ismatullayev is gazidan zaharlanib vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Gaz plitasidan chiqqan zahar tufayli O.Ismatullayev zaharlanish alomatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, marhum bola 2009 yilning 27 dekabrida tug‘ilgan. Shifoxonaga yotqizilgan O. Ismatullayev esa 2011 yilda tavallud topgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryo viloyatida bir oilaning 3 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi