Qashqadaryoda 10-sinf qiz o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Joriy yilning 9 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida maktabning 10-sinf o‘quvchisi o‘rik daraxtiga arqon bilan o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea 9 mart kuni soat taxminan 15:50 da Nishon tumani Shirinobod mahallasidagi “Norchayev Doston” fermer xo‘jaligining dala maydonida sodir bo‘lgan. 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi G.E. (qiz bola) dala maydonidagi o‘rik daraxtiga o‘zini arqon bilan osib, joniga qasd qilgan.

Shamsiddinovga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1478

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing