Qashqadaryoda homilador kelin o‘zini osib qo‘ygani aytilmoqda

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumanida 23 yoshli ayol o‘zini osib qo‘yganligi haqida xabar tarqalgandi. Holat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi, biroq prokuratura ma’lumotlarida ayolning o‘lim sabablari ochiqlanmagan. 

“Aniqlanishicha, joriy yilning 18 dekabr kuni Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan, ichki ishlar bo‘limiga “Maymanoq” mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan 1999 yilda tug‘ilgan ayol bo‘yin sohasidan strangulyatsion egat shilinmasi ko‘rinishidagi jarohati bilan vafot etganligi haqida xabar berilgan”, deyiladi prokuratura xabarida.

Qayd etilishicha, marhumaning o‘lim sababiga aniqlik kiritish maqsadida tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Holat bo‘yicha Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda. Tekshiruvning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.              

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, kelinchak o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin. Uning turmush o‘rtog‘i hozirda chet davlatiga ishlash uchun ketgani aytilmoqda. Qo‘shimcha qilinishicha,vafot etgan kelinchak homilador bo‘lgan.                                                                              


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

406

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing