Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan kombayn yonib ketdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududida kombayn yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu yong‘in joriy yilning 28 iyun kuni, taxminan soat 15:18 lar atrofida Muborak tumani “Qoraqum” mahallasi hududining ochiq yer maydonida harakatlanib borayotgan, 2009 yilda ishlab chiqarilgan Case — 5088 rusumli kombaynda ro‘y bergan.
 
Voqea joyiga soat taxminan 15:53 lar atrofida Muborak tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limidan 1 ta va Muborak GQIZ MCHJ ob’ekt binolaridan yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi 24-Yong‘in qutqaruv qismidan 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib borib, yong‘in soat 16:10 larda to‘liq o‘chirilgan.
  
Hodisa sababi va moddiy zarari o‘rganilmoqda. Yong‘in oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan. Qayd etilishicha, yong‘in-qutqaruv qismidan voqea joyigacha bo‘lgan masofa taxminan 35 kilometrni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

155

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing