Qashqadaryo viloyatining birinchi hokimi vafot etdi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining birinchi hokimi (1992 yil 27 yanvardan  – 1995 yil 29 noyabrgacha viloyat hokimi lavozimida ishlagan) Temir Po‘latovich Xidirov bugun, 14 iyul kuni 77 yoshida vafot etdi.

Temir Xidirov 1945 yil 14 noyabrda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Gungan qishlog‘ida tug‘ilgan. 

1968 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan va shu yili Qashqadaryo viloyati irrigatsiya tizimlari boshqarmasi muhandisi, O‘zbekiston SSR “Minmelioradvodxoz” suv xo‘jaligi qurilishi birlashgan boshqarmasi bosh muhandisi, Yakkabog‘ PMK boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati “Eskiangarkanalqurilish” tresti PMK boshlig‘i bo‘lgan.

1973 yildan 1991 yilgacha Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi a’zosi bo‘lgan. 

U o‘tgan yillarda: 

•    1976 yildan Kompartiya Qashqadaryo viloyat komiteti sektor mudiri;

•    1983 yilda O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining instruktori;

•    1984 yildan Qashqadaryo viloyat komiteti bo‘lim mudiri, Qashqadaryo viloyati Qarshi raykomining birinchi kotibi;  

•    1988 yildan O‘zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat qo‘mitasi kotibi;

•    1990 yildan Qashqadaryo viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi;

•    1991 yil may oyidan O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Qashqadaryo viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimlarida ishlagan. 

1992 yil 27 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Temir Po‘latovich Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan. 1995 yilgacha Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Temir Xidirov

Baholaganlar

572

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar