Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘i bilan Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Vazir Davletovning buyrug‘iga ko‘ra, O‘ral Suyunovich Ostonov boshqarma boshlig‘i kursisini egallagan. 

Ma’lumot uchun, O‘ral Ostonov 1982 yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos. 

Eslatib o‘tamiz, O‘ral Ostonov mehnat faoliyatini 2003 yilda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. 2003-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing