Qashqadaryo IIBda ikki boshqarmaga yangi rahbarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ikkita boshqarmasiga yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Polkovnik Aziz Sirojiddinovich Sadirov viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Aziz Sadirov Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, podpolkovnik Jasur Xaqberdiyevich Toshev Qashqadaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Viloyat IIBning YHXB va PPX JTSBga bugungacha rahbarlik qilib kelgan mas’ullar qachon ishdan olingani, nega bo‘shatilgani haqida ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

381

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing