Qashqadaryo hokimi Azimovga hayfsan berildi. Yana 14 hokim “uchdi”
Jamiyat
−
19 Sentabr 2022
21272Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarida turizm xizmatlarining yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani uchun viloyat hokimi Murodjon Azimovga hayfsan berildi. Bu haqda bugun, 19 sentyabr kuni Prezident raisligida o‘tkazilayotgan turizm sohasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Unda aytilishicha, Qashqadaryoda chetdan kelgan turistlar uchun ko‘rsatilgan xizmatlar juda past bo‘lib, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Kasbi tumanlarida turizm xizmatlari umuman ko‘rsatilmagan.
Shu sababdan Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Kasbi, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Arnasoy, Karmana, Urgut, Sherobod, Oltinsoy, Guliston, Yangiyo‘l, Xiva tumanlari kabi jami 14 nafar hokim bugunning o‘zida ishdan olinib, o‘zgarish qilish uchun ularga uch oy sinov muddati berildi.
LiveBarchasi