Qashqadaryo hokimi ham lavozimiga tasdiqlandi
Jamiyat
−
06 noyabr
5610Bugun, 6 noyabr kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Murodjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada deputat Ismigul Berdimurodovna Xushmurodova Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga Murotjon Azimov nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi va tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, Murodjon Berdialiyevich Azimov 1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. U 2014-2016 yillarda Buxoro viloyati prokurori, 2016-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan. General-mayor Murodjon Azimov 2018 yil fevralidan 2021 yil 18 noyabrigacha Davlat bojxona qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Samarqand, Xorazm, Navoiy, Jizzax, Buxoro, Toshkent viloyati va Toshkent shahri hokimlari ham lavozimlariga tasdiqlangandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi