Qashqadaryo: harakatdagi Lacetti’ning gaz balloni portlab ketdi 

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 29 sentyabr kuni Qashqadaryoda Lacetti avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, voqea viloyatning G‘uzor tumanida soat 08:05 da sodir bo‘lgan. Mustaqilik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Lacetti rusumli avtomobilning gaz ballonida yorilishi yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan. Ma’lumot uchun avtomashinada faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan. Hozirda hodisa sababi aniqlanmoqda.

“Barcha haydovchilardan o‘z boshqaruvidagi transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan foydalanish texnik talablariga qa’tiy rioya etishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

488

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing