Qashqadaryo hokimi o‘rinbosariga tegishli Trailblazer 4 ta qoidabuzarlik sodir etdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda viloyati hokimi o‘rinbosariga tegishli xizmat avtomobili bir vaqtning o‘zida uchta qoidabuzarlik qilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi. 

Qayd etilishicha, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqovga tegishli, davlat raqami 70005DAV bo‘lgan Trailblazer rusumli avtomobil haydovchisi:

•  yo‘l harakati qoidalarining 2-ilovasida ko‘rsatilgan 1.1 (yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini bildiradi, bosib o‘tish taqiqlanadi) yo‘l yotiq chizig‘ini bosgan holda,

•  svetoforning harakatni taqiqlovchi qizil chirog‘ida;

•  ortga qayrilib olish qoidalarini chetlab o‘tgan holda harakatlangan.

Shuningdek, avtomobil yon oynalarining tusi ham tegishli ruxsatsiz qoraytirilgan.

Xabarga ko‘ra, haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan E.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 126- , 128-, 1284-moddalari tartibida bayonnoma tuzilib, transport vositasi ushbu Kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

209

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing